Yangiliklar

Stefaniya Janini: "YUNESKO Barqaror Rivojlanish Maqsadlari yoʻlida Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlaydi"

"Avvalambor, Sizni va jamoangizni ushbu konferensiyani yuqori darajada tashkil etishga qoʻshgan ulkan hissangiz uchun Oʻzbekiston hukumati nomidan oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu yil Oʻzbekiston va YUNESKO oʻrtasidagi hamkorlik ham sifat jihatdan ham miqdor jihatdan yangi bosqichga koʻtarildi. Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida inson kapitalini rivojlantirish, yoshlarni hayotga tayyorlash va hech kim ortda qolmaydi tamoyillari asosida taʼlim tizimi transformatsiya qilinmoqda. Xususan, birgina shu yilning oʻzida Taʼlim inspeksiyasi va YUNESKO hamkorligida bir qator muhim tashabbuslar va islohotlar amalga oshirildi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish chaqirigʻi asosida Taʼlimni transformatsiya qilish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va pandemiyaning taʼlimdagi salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha barcha manfaatdor tomonlarni, xususan yoshlarni jalb etgan holda YUNESKOning Toshkentdagi ofisi bilan hamkorlikda Milliy maslahatlashuvlar tashkil etildi. Milliy maslahatlashuv natijalari asosida Oʻzbekistonning Taʼlimni transformatsiya qilish boʻyicha Milliy Bayonoti qabul qilindi va 2022-yil sentyabr oyida Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida Taʼlimni transformatsiya qilish sammitida (TES – Transforming Education Summit) taqdim etildi. Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimini xalqaro tajriba asosida transformatsiya qilinishi natijasida mamlakatning Tokio va Umumjahon konvensiyalarga qoʻshilish boʻyicha zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Shuningdek, universitetlar mehnat bozori uchun kadr tayyorlovchi tashkilotdan jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan shaxsni tayyorlovchi, bitiruvchilarini hayot davomida bir necha bor munosib ish bilan taʼminlanishiga hissa qoʻshuvchi tashkilotga transformatsiya qilish boʻyicha zarur chora tadbirlar belgilandi. Albatta, ushbu amalga oshirilgan ishlar bardavom boʻlishini taʼminlash juda muhim. Shu bois, hamkorligimizni yanada rivojlantirish har ikki tomon uchun ham manfaatli boʻladi", – dedi Ulugʻbek Tashkenbayev. Oʻz navbatida YUNESKO bosh direktorining taʼlim masalalari boʻyicha oʻrinbosari Stefaniya Janini xonim Taʼlim inspeksiyasi tomonidan mamlakatimizda sohani rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni eʼtirof etar ekan, bu borada oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Batafsil

Taʼlimni transformatsiya qilish sammiti: Maktablarni internetga ulash boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi eʼtirof etildi.

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Oʻzbekiston delegatsiyasi Nyu-Yorkda shahrida oʻtkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlimni transformatsiyasi qilish Sammitida ishtirok etmoqda. Tadbir davomida inklyuziv, adolatli, xavfsiz va sogʻlom maktablar; hayot, ish va barqaror rivojlanish uchun taʼlim va koʻnikmalar; oʻqituvchilar, oʻqitish va oʻqitish usullari; raqamli taʼlim va transformatsiya; taʼlimni moliyalashtirish kabi yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro tashkilotlar va xususiy sektor vakillari oʻrtasida hamkorlik boʻyicha muzokaralar tashkil etilmoqda. Sammitda shuningdek, tematik harakatlar yoʻnalishlari bilan bogʻliq tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 45 ta sessiya tashkil etildi. Xususan, “GIGA tashabbusi: raqamli aloqalar orqali taʼlimni transformatsiya qilish» sessiyasida taʼlim transformatsiyasida maktablarni internetga ularning dolzarbligi va oʻrni yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ushbu tadbir barcha hamfikr vazirlarni va yoshlarni bir stol atrofida 2030-yilga qadar barchani xavfsiz va arzon narxlarda internet bilan taʼminlash orqali Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha yaqin istiqbolda amalga oshiriladigan maqsad va vazifalarni belgilash imkonini berdi. Giga tashabbusini qoʻllab quvvatlayotgan 19 ta davlat xususan Oʻzbekiston ham barcha maktablarini internet ulashga vaʼda bergan. Sammitda ishtirok etayotgan Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Oʻzbekistonning internet aloqasi sohasidagi taraqqiyot va ilgʻor tajribalari bilan oʻrtoqlashish uchun maʼruzachi sifatida soʻzga chiqdi.

Batafsil

Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz IEA xalqaro tashkiloti aʼzoligiga taklif etildi.

Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi direktori A.Ismailov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 29-avgust – 4-sentyabr kunlari Germaniyaning Gamburg shahrida boʻlib oʻtgan TALIS 2024 tadqiqoti doirasidagi “Milliy loyiha menejerlarining 2-uchrashuvi hamda maʼlumotlarni boshqarish boʻyicha trening”da ishtirok etdi. Shu bilan birga, delegatsiya aʼzolari Taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiyatsiyasi (IEA)ning Gamburgdagi idorasi faoliyati bilan tanishdi. Mazkur tashrif davomida IEAning Gamburg idorasi direktori Juliana Xenk xonim bilan yuzma-yuz uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekistonda taʼlim sifatini baholash sohasidagi islohotlar va ushbu tizimni takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida suhbatlashildi. Shuningdek, Oʻzbekiston umumtaʼlim muassasalarining PISA, PIRLS va REDS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishini taʼminlashda Milliy markazda toʻplangan tajribalar, IEA bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish salohiyati va istiqbollari xususida toʻxtalib oʻtildi. Juliana xonim esa IEAning Oʻzbekiston, xususan Taʼlim inspeksiyasi va Milliy markaz bilan hamkorlik faoliyatidan mamnun ekanligini bildirdi, shuningdek Milliy markaz tomonidan xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda Oʻzbekiston maktablari ilk marotaba qatnashayotgan xalqaro tadqiqotlarda IEA xalqaro standartlarining lozim darajada joriy etilgani va muvaffaqiyatli kechgani quvonarli hol ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, IEA direktori Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markazni oʻquvchilarning bilimini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarda tajribali tashkilot sifatida IEA aʼzoligiga taklif etdi. IEA 60 dan ortiq aʼzo davlatlar va tadqiqot institutlari, universitetlar hamda tadqiqot markazlaridan tortib taʼlim vazirliklarigacha boʻlgan qator hamkorlardan iborat. IEA dunyo boʻylab dalillarga asoslangan siyosat va amaliyotlarni ilgari surish orqali taʼlim sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantirish va taʼlim sifati hamda tengligini oshirish ustida ish olib boradi.

Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech