06.11.2022
512
Taʼlimni transformatsiya qilish sammiti: Maktablarni internetga ulash boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi eʼtirof etildi.
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Oʻzbekiston delegatsiyasi Nyu-Yorkda shahrida oʻtkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlimni transformatsiyasi qilish Sammitida ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida inklyuziv, adolatli, xavfsiz va sogʻlom maktablar; hayot, ish va barqaror rivojlanish uchun taʼlim va koʻnikmalar; oʻqituvchilar, oʻqitish va oʻqitish usullari; raqamli taʼlim va transformatsiya; taʼlimni moliyalashtirish kabi yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro tashkilotlar va xususiy sektor vakillari oʻrtasida hamkorlik boʻyicha muzokaralar tashkil etilmoqda.
Sammitda shuningdek, tematik harakatlar yoʻnalishlari bilan bogʻliq tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 45 ta sessiya tashkil etildi.
Xususan, “GIGA tashabbusi: raqamli aloqalar orqali taʼlimni transformatsiya qilish» sessiyasida taʼlim transformatsiyasida maktablarni internetga ularning dolzarbligi va oʻrni yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Ushbu tadbir barcha hamfikr vazirlarni va yoshlarni bir stol atrofida 2030-yilga qadar barchani xavfsiz va arzon narxlarda internet bilan taʼminlash orqali Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha yaqin istiqbolda amalga oshiriladigan maqsad va vazifalarni belgilash imkonini berdi.
Giga tashabbusini qoʻllab quvvatlayotgan 19 ta davlat xususan Oʻzbekiston ham barcha maktablarini internet ulashga vaʼda bergan. Sammitda ishtirok etayotgan Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Oʻzbekistonning internet aloqasi sohasidagi taraqqiyot va ilgʻor tajribalari bilan oʻrtoqlashish uchun maʼruzachi sifatida soʻzga chiqdi.
Share