06.11.2022 541

Stefaniya Janini: "YUNESKO Barqaror Rivojlanish Maqsadlari yoʻlida Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlaydi"

"Avvalambor, Sizni va jamoangizni ushbu konferensiyani yuqori darajada tashkil etishga qoʻshgan ulkan hissangiz uchun Oʻzbekiston hukumati nomidan oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu yil Oʻzbekiston va YUNESKO oʻrtasidagi hamkorlik ham sifat jihatdan ham miqdor jihatdan yangi bosqichga koʻtarildi. Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida inson kapitalini rivojlantirish, yoshlarni hayotga tayyorlash va hech kim ortda qolmaydi tamoyillari asosida taʼlim tizimi transformatsiya qilinmoqda. Xususan, birgina shu yilning oʻzida Taʼlim inspeksiyasi va YUNESKO hamkorligida bir qator muhim tashabbuslar va islohotlar amalga oshirildi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish chaqirigʻi asosida Taʼlimni transformatsiya qilish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va pandemiyaning taʼlimdagi salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha barcha manfaatdor tomonlarni, xususan yoshlarni jalb etgan holda YUNESKOning Toshkentdagi ofisi bilan hamkorlikda Milliy maslahatlashuvlar tashkil etildi. Milliy maslahatlashuv natijalari asosida Oʻzbekistonning Taʼlimni transformatsiya qilish boʻyicha Milliy Bayonoti qabul qilindi va 2022-yil sentyabr oyida Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida Taʼlimni transformatsiya qilish sammitida (TES – Transforming Education Summit) taqdim etildi. Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimini xalqaro tajriba asosida transformatsiya qilinishi natijasida mamlakatning Tokio va Umumjahon konvensiyalarga qoʻshilish boʻyicha zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Shuningdek, universitetlar mehnat bozori uchun kadr tayyorlovchi tashkilotdan jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan shaxsni tayyorlovchi, bitiruvchilarini hayot davomida bir necha bor munosib ish bilan taʼminlanishiga hissa qoʻshuvchi tashkilotga transformatsiya qilish boʻyicha zarur chora tadbirlar belgilandi. Albatta, ushbu amalga oshirilgan ishlar bardavom boʻlishini taʼminlash juda muhim. Shu bois, hamkorligimizni yanada rivojlantirish har ikki tomon uchun ham manfaatli boʻladi", – dedi Ulugʻbek Tashkenbayev. Oʻz navbatida YUNESKO bosh direktorining taʼlim masalalari boʻyicha oʻrinbosari Stefaniya Janini xonim Taʼlim inspeksiyasi tomonidan mamlakatimizda sohani rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni eʼtirof etar ekan, bu borada oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Share
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech